Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish jarayonidagi ishlar sifatsiz ekani va talabga javob bermasligi sabab 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi. Qoidabuzarliklar bilan bajarilgan ishlar buzildi.
Samarqand shahrida 1800 o‘rinli maktab binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, obyektda g‘isht terish va plita o‘rnatishda me’yorlarga amal qilinmagan. Qurilish inspeksiyasi tomonidan sifatsiz ishlar joyida demontaj qildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda qurilayotgan 9 qavatli uyning tayanch ustunlari armaturalari ingichkaligi, ular orasidagi masofaning kattaligi hamda beton sifati pastligi aytilgan video tarqaldi. O‘zbekiston Qurilish vazirligi ish to‘xtatilgani, o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
«O‘zyo‘linspeksiya» yil boshidan beri 139 ta holatda yo‘llardagi 6,1 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganini aniqladi. Inspeksiya talabnomasi bilan 4,2 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar pudratchilar tomonidan qaytadan bajarildi. Qoidabuzar mansabdorlarga nisbatan esa 134 ta bayonnoma tuzildi.
Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting